Korrupsiyaga qarshi kurash – adolatli jamiyat yo‘lidagi ustuvor vazifa | xonqahokimiyat.uz
Adolat ustuvor bo‘lgan jamiyatda xalqning davlatga ishonchi yuqori, taraqqiyot esa barqaror bo‘ladi. Shu sababli zamonaviy O‘zbekiston uchun eng katta tahdidlardan biri bo‘lgan korrupsiyaga qarshi kurash nafaqat partiyamiz yoki masʼul idoralarning, balki shu yurt fuqarosi sifatida har birimizning umumiy vazifamizdir. Bu illat har qanday islohot samarasini yo‘qqa chiqarishi, odamlarni adolat tamoyillaridan bezdirishi mumkin.
Davlatimiz rahbari o‘z faoliyatining ilk kunlaridanoq korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashni boshlashi ulkan siyosiy iroda namunasi bo‘ldi. Bu borada 2017 yilda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun, strategik hujjatlar va ushbu masalada maxsus Agentlikning tashkil etilishi ana shu irodaning amaliy ifodasidir.
Joriy yilning 5 mart kuni o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida Prezidentimiz bu kurashni milliy dastur darajasiga ko‘tarish zarurligini taʼkidladilar.
Bu – endilikda korrupsiyaga qarshi kurash faqat davlat idoralarining emas, balki butun jamiyatimizning, xususan, siyosiy partiyalarning ham umumiy burchiga aylanganini anglatadi.
Ana shu masʼuliyatni chuqur his qilgan holda, partiyamiz joriy yilning 1 aprelidan 10 mayiga qadar mamlakatimiz bo‘ylab “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi”ni o‘tkazdi.

Xonqa tumani hokimligida “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yana-da takomillashtirish” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Dastlab tuman hokimi Ulug‘bek Davlatov hududda bu borada qilinayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

Muloqot davomida asosiy eʼtiborni bir masalaga qaratdik: bizdan talab qilinayotgan vazifa — korrupsiyaga qarshi kurashni qog‘ozda yoki hisobot uchun emas, balki hayotning har bir jabhasida amaliy natija beradigan darajaga olib chiqishdir.

Shu maqsadda partiyamiz faollari, deputatlar va mahalliy kengashlar vakillari bilan aholining huquqiy savodxonligini oshirish hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishning samarali yo‘llarini muhokama qilindi.

 English
English 

 Xonqa tumani hokimligi
Xonqa tumani hokimligi  2025-09-26 12:30:00
  2025-09-26 12:30:00 31
 31