OCHIQ MULOQOT | xonqahokimiyat.uz
  
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK JARAYONLARI  

 
Xonqa tuman hokimligida "Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’yektlari va ko‘p qavartli turar joy fondini  kuz-qish davrida  tayyorgarlik holatini ta’minlashga doir chora-tadbirlar tug‘risida”gi qaror ijrosini ta’minlash  maqsadida hamda yong‘in, is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashini oldini olish mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Tuman hokimi boshchiligida o‘tkazilgan ushbu muloqotda  tumanda faoliyat olib borayotgan barcha mutasaddi tashkilot rahbarlari va xodimlari, mahalla raislari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.
  
 Tumanda Mavsumga tayyorgarlik doirasida bugungi kunga qadar bajarilgan ishlar va oldinda qilinajak vazifalar yuzasidan Tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i U.Tursunbayevning hisoboti tinglandi.

Shuningdek, mavzuga doir muammoli masalalar yechimi yuzasidan bildirilgan takliflar muhokama qilinib, har sohada tegishliligi bo‘yicha qat’iy vazifalar belgilab olindi.
 English
English 

 Xonqa tumani hokimligi
Xonqa tumani hokimligi  2021-10-13 08:43:00
  2021-10-13 08:43:00 871
 871