Rasmiy munosabat | xonqahokimiyat.uz
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Xonqa tumani Tug‘ruqhonasi oldidagi yo‘l taʼmirtalab to‘g‘risida video murojaat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz
Xonka tumani markazidan o‘tuvchi davlat ahamiyatidagi 4r156A “Xonqa shahriga shaxobcha” 0-3 km avtomobil yo‘lini tashkil qilib, Xonqa tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasiga qarashli yo‘l hisoblanadi.
Ushbu yo‘lning 1,3-2,4 km oralig‘ida taʼmirlash ishlari olib borilib, yo‘l qatnov qismiga asfalt yotqizildi, yo‘lning ikki tamonga ariqlar o‘rnatildi. Ayni damda yo‘lning 2,4 va 3 km oralig‘ida tekislash ishlari olib borilib, asfalt yetkizishga tayyor holatda.
Ayni damda bitum yo‘qligi sababli taʼmirlash ishlari vaqtincha kechikib kelmoqda joriy yilning 3 choragida taʼmirlash rejalashtirilgan.