Rasmiy munosabat | xonqahokimiyat.uz
Ijtimoiy tarmoqlarda “Xonqa tumanida maktab direktorlaridan istirohat bog‘ini taʼmirlash uchun pul yig‘ilayotganligi” yuzasidan xabar tarqaldi. Ushbu holat bo‘yicha quyidagilarni maʼlum qilamiz
Tumandagi faol tadbirkorlar tashabbusi bilan tuman markazidagi Hojixon Boltev nomidagi istirohat bog‘ini yangicha zamonaviy qiyofaga keltirish taklifi ilgari surilgan edi. Ushbu taklif asosida joriy yilning 15 iyun sanasida taʼmirlash ishlari boshlab yuborilgan.
Bosh rejaga asosan bog‘ hududidagi noqonuniy qurilma va avariya holatidagi eski attraksionlar o‘rnida o‘nlab yangi ko‘ngil ochar loyihalar amalga oshirilishi belgilangan.
Ayni damda yuqoridagi murojaatda keltirilgan holatga oydinlik kiritish maqsadida surishtiruv ishlari olib borilmoqda